“Metallurg”: Barcha futbolchilarimiz test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi
07 mar 2019 10:17
Yangiliklar


“Metallurg”: Barcha futbolchilarimiz test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi
1-tur oldidan “Metallurg” futbol klubining turli sabablar bilan O'zbekiston futbol federaciyasi test sinovlaridan o'ta olmagan futbolchilari qayta imtihondan o'tkazildi.
SHuni mamnuniyat bilan qayd etish lozim, bu safar sinovdan o'ta olmaganlar bo'lmadi. “Metallurg” Termiz safariga to'liq tarkib bilan yo'l oladi. Yoshlar ertaga Termiz sari yo'lga tushishsa, asosiy tarkib futbolchilari 9 mart kuni parvoz etishadi.
Eslatib o'tamiz, “Surxon” – “Metallurg” uchrashuvi 10 mart kuni soat 14:00 da “Surxon” sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Surxon Sherzod Hakimov - 7' |
Superliga. 1-tur 10/03/2019, 13:00 1
:
1
Tugadi
|
Metallurg Abbos Otaxonov - 89' |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar