So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Metallurg-2016”: Zohid Abdullaev - klub to'purari Yangiliklar

“Metallurg-2016”: Zohid Abdullaev - klub to'purari

Bu yil “Metallurg” faxriylaridan yana biri – Zohid Abdullaev o'zining ikkinchi yoshligini boshidan kechirayotganligini isbotladi.

U bitta mavsumda “Metallurg”ning raqiblar darvozasiga eng ko'p gol kiritgan o'yinchisiga aylandi. Z.Abdullaev 2016 yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 18 ta gol kiritdi va chempionat to'purarlari ro'yxatida faqatgina Temirxo'ja Abduxoliqovdan ortda qoldi xolos. Temurxo'ja Zohidni to'rtta to'pga ortda qoldirgan bo'lsa, Abdullaev o'z navbatida eng yaqin taqibchilari SH.Norxonov hamda S.Mirzaevlardan to'rtta to'pga ilgarilab ketdi.

Zohid Abdullaevdan tashqari “Metallurg” bu mavsum Dilmurod Karimov (8), Murodjon Toshmatov (7), Javohir Esonqulov (4), Ayubxon No'monov (2), Jahongir Abdumo'minov (2), Doniyor Odilov (1), Saidjon Abdujabborov (1), Ergash Ismoilov (1), Islomjon Qobilov (1) va Jasur Hakimov (1) lar o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi. Yana bitta gol “SHo'rtan” jamoasi himoyachisi Hasan Ergashev tomonidan o'z darvozasiga kiritilgan – avtogol.

Yana Zohid Abdullaev natijalariga qaytadigan bo'lsak, uning oliy liga bahslarida kiritgan jami gollari soni 67 taga etdi. SHulardan 63 golini u “Metallurg” jamoasi tarkibida raqiblari darvozasiga urgan. To'rt marta esa “Nasaf” jamoasida muvaffaqiyatga erishgan. O'zbekiston kubogi bahslarida ham 9 ta gol urgan Zohid Abdullaev (4 ta “Metallurg”, 5 ta “Nasaf” safida) ning jami gollari soni 76 tani tashkil etadi. Gennadiy Krasnickiy klubiga azo bo'lishi uchun Zohid raqiblar darvozasini yana 24 marta ishg'ol etishi lozim.



2016 yilgi mavsum uchrashuvlarida hakamlar “Metallurg” jamoasi yarim himoyachisi Dilmurod Karimovni 7 marta ogohlantirdi. Sariq kartochkalar bois Dilmurod bitta uchrashuvni o'tkazb yuborishga majbur bo'ldi. Bu yilgi chempionatda “Metallurg”ning yana 13 o'yinchisi hakamlar tomonidan sariq kartochka bilan jazolanishdi: J.Esonqulov – 6, Z.Abdullaev – 6, D.Odilov – 5, D.Karimqulov – 5, I.Qobilov – 4, S.Sultonov – 3, H.Hoshimov – 3, S.Abdujabborov – 3, J.Abdumo'minov – 3, M.Sulaymonov – 2, M.Toshmatov – 2, A.No'monov – 2, SH.Jalilov – 1.

Doniyor Odilov sariq kartochkalarining ikkitasini bitta o'yinda olganligi bois u qizil kartochkaga aylangandi. SHuningdek, Jahongir Abdumo'minov bir marta maydondan chetlatilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика