Messining xotini unga rekord darajadagi shartnomaga qo'l qo'yishini taqiqladi
09 may 2023 10:44
Yangiliklar
Messining xotini unga rekord darajadagi shartnomaga qo'l qo'yishini taqiqladi
PSJning argentinalik hujumchisi Lionel Messi kelasi mavsumda faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida hali bir qarorga kelmagan.
Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni qabul qilishga shoshilmayapti, chunki u Evropada faoliyatini davom ettirmoqchi.
Bundan tashqari, Lionelning rafiqasi Antonella Rokuzzo Yaqin SHarqqa ko'chib o'tishga qarshilik qilmoqda. Futbolchining ayoli Saudiya Arabistonida yashashni istamaydi.
Avvalroq Messiga Saudiya klubidan rekord taklif tushgani haqida xabar berilgandi.
Lionel 2021 yilning yozidan buyon PSJda o'ynamoqda. Ushbu mavsum oxirida hujumchining parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar