Messi, Mbappe, Ronaldu, Neymarning FIFA 23'dagi reytinglari internetda tarqalib ketdi
02 sen 2022 19:13
Yangiliklar
Messi, Mbappe, Ronaldu, Neymarning FIFA 23'dagi reytinglari internetda tarqalib ketdi
Tarmoqda futbolchilarning EA Sports kompaniyasi FIFA 23 o'yinidagi futbolchilarning ehtimoliy reytinglari paydo bo'ldi.
Lionel Messi (PSJ), Robert Levandovski ("Barselona"), Kilian Mbappe (PSJ), Karim Benzema ("Real") va Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") maksimal bahoni oldi – 91.
Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted") 90 ballga, Neymar (PSJ) esa 89 ballga baholandi.
FIFA 22 bilan solishtirganda Messi ikki, Ronaldu esa bir ochko yo'qotdi. Ikki futbolchining tezligi pasaytirildi va 81 ballga loyiq ko'rildi.
FIFA 23 reytingida eng katta o'sishni Rafael Leau (+7, 84), Vinisius Junior (+6,86) va Darvin Nunes (+6,82) ko'rsatdi.
O'yin 30 sentyabrda PC, PS4, PS5, Xbox One va Xbox Series X|S uchun chiqariladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar