Messi kelajagi bo'yicha qarorni 2023 yilda qabul qiladi
13 sen 2022 18:10
Yangiliklar
Messi kelajagi bo'yicha qarorni 2023 yilda qabul qiladi
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, PSJ hujumchisi Lione Messi yaqin haftalar yoki oylarda kelajagi borasida qaror qabul qilmoqchi emas.
Hozir Messi bor etiborini PSJda o'ynashga, shuningdek, Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishga qaratgan.
PSJning shartnomani uzaytirish istagi va "Barselona"ning qiziqishiga qaramay, Leo 2023 yilgacha hech qanday qaror qabul qilmaydi.
Xabar qilinishicha, parijliklar hujumchining o'yin saviyasi pasaymasa, unga ikki yil muddatlik yangi shartnoma taklif qilishlari mumkin. Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
35 yoshli hujumchi joriy mavsum PS safida barcha turnirlarda 9 ta o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga 4 ta to'p kiritgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar