Messi Badjodan Italiyaning 1994-yilgi JCH libosini sovg'a sifatida oldi
18 iyu 00:34
Yangiliklar
Messi Badjodan Italiyaning 1994-yilgi JCH libosini sovg'a sifatida oldi
Lionel Messi AQSHda o'tkazilayotgan klublar jahon chempionatida Roberto Badjo bilan uchrashdi.
Italiyalik futbolchi Messiga AQSHda bo'lib o'tgan 1994-yilgi jahon chempionatidagi o'z familiyasi tushirilgan futbolkani sovg'a qildi. O'shanda Italiya finalga chiqib, penaltilar seriyasida braziliyaliklarga mag'lub bo'lgan edi. Badjo esa 11 metrlik jarima zarbasini kirita olmagan edi.
"Qanday ajoyib uchrashuv! Rahmat, Roberto, bu o'zgacha va qimmatli sovg'a hamda ajoyib suhbat uchun. Sen futbol afsonasisan. Biz seni doimo xursandchilik bilan kutib olamiz," - deb yozdi "Inter Mayami" hujumchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar