Mendi: "Zidan - buyuk murabbiy, u kuchayishimga yordam beradi"
13 iyu 2019 12:55
Yangiliklar
Mendi: "Zidan - buyuk murabbiy, u kuchayishimga yordam beradi"
"Lion"ning sobiq himoyachisi Ferlan Mendi o'zining "Real"ga o'tganiga izoh berdi.
Uning qayd etishicha, "qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan uning kuchayishiga yordam beradi.
"Dunyodagi eng katta klub bilan shartnoma imzolaganimdan va meni yanada kuchayishimga yordam bera oladigan buyuk murabbiy bilan ishlashimdan xursandman. SHuningdek, "Lion"dagi xodimlar, muxlislar va jamoadagi do'stlarimga o'tgan ikki yil uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularga hamma yaxshi tilaklarimni bildiraman. Bundan tashqari, oilam, murabbiylarim va menga yordam bergan hammaga rahmat aytmoqchiman", - deydi Mendi.
Mendi "Lion" tarkibida 79ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 3ta gol va 7ta assist bor. Futbolchi jamoaga 2017 yil yozda "Gavra"dan 5 million evro evaziga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar