Mel: "Hakamlar men haqimda yolg'on gapirishadi"
31 dek 2015 15:49
Yangiliklar
Mel: "Hakamlar men haqimda yolg'on gapirishadi"
"Betis" ustozi Pepe Mel "Barselona"ga qarshi Ispaniya chempionatining 17-tur uchrashuvida ishlagan bosh hakam Inyaki Vikandi Garridoning harakatalaridan juda norozi.
O'yin 4:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi, Melning fikricha, bu natijada hakamning xissasi katta.
"O'yinda etarli darajada yaxshi harakat qildik. Hakam darvozamiz tomon penalti belgilaguncha hech narsa sodir bo'lmagan edi. O'zim markaziy hujumchi bo'lganman va bunday vaziyatlarda hech qachon qaror meni foydamga chiqarilmagan. SHundan so'ng o'yinda hammasi o'zgarib ketdi. "Barselona" bunday qaror bilan g'alabaga erishganidan afsusdaman.
O'yindan keyingi protokolda hakam men haqimda nima yozishini bilmayman, ammo bu yolg'on bo'ladi. U meni chetlatishidan oldin, hakamga qarata "bizning foydamizga ham xushtak chaling" degan edim. Bu so'zlar qizil kartochkaga sabab bo'ladi deb o'ylamayman" - deydi Mel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar