Mbappe: "Franciya prezidenti bilan kelajagimni muhokama qilishni xayolimga ham keltirmagandim..."
07 sen 2022 11:00
Yangiliklar
Mbappe: "Franciya prezidenti bilan kelajagimni muhokama qilishni xayolimga ham keltirmagandim..."
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o'tgan yozda Franciya prezidenti Emmanuel Makron bilan kelajagi haqida gaplashganini aytdi.
"Franciya prezidenti bilan kelajagimni muhokama qilishni xayolimga ham keltirmagandim. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan, aqldan ozdiradigan voqea bo'ldi. Makron menga: "PSJda qolishingizni xohlayman. Franciyani tark etishingizni istamayman. Siz mamlakat uchun juda muhimsiz". Prezidentning bunday so'zlari, albatta, men uchun muhim edi", – dedi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Mbappe yozgi transfer oynasida ijara asosida "Real"ga o'tishga yaqin turgandi. Biroq yakunda futbolchi PSJ bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar