So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Mashhurlikda o'g'lidan qolishmayotgan ayol Yangiliklar

Mashhurlikda o'g'lidan qolishmayotgan ayol

Joriy mavsumda Italiya futboli kelajagi deya etirof etilayotgan Nikolo Dzanolo yorqin futbol o'ynamoqda. "Inter"dan "Roma"ga ko'chib o'tgan vunderkind chiroyli gollar urmoqda, rekordlar muallifiga aylanmoqda.

Dzanolo hisobida A Seriyada 14 o'yin, 3 gol va 2 assist mavjud. Yaqinda esa u "Portu"ga qarshi ECHL nimchorak final uchrashuvida dubl qayd etib butun Evropa og'ziga tushdi. ECHLda dubl qayd etgan italiyalik eng yosh futbolchiga  Nikolo Dzanolo bir zumda taniqli insonga aylandi.

Nafaqat Nikolo Dzanolo o'z o'yinlari bilan mashhurlikka erishmoqda, balki uning onasi Francheske Koste ham instagramdagi postlari orqali barchani lol qoldirmoqda. Mashhurlik bobida Nikoloning onasi Francheska o'g'lidan qolishayotgani yo'q. Aslida uning tashqi ko'rinishi, odatiy selfilarida g'ayri-tabiiylik yo'q.


Biroq "Corriere della Sera" xabariga ko'ra, instagramga rasm joylashga ko'nikib va o'rganib qolgan onasining bu ishlari o'g'liga ko'p ham xush kelmayapti. Dzanolo onasiga instagramda kamroq vaqt o'tkazishni so'ragan.

"Oyi, bo'ldi, to'xtang! Rasmlar jonga tegdi. Sizning yoshingiz 40da! Nimalar bilan bandsiz", - deydi Nikolo o'zining oyisiga yo'llagan murojaatida.


Aytgancha, Nikolo Dzanolo Italiya quyi liga jamoalarida to'p tepgan sobiq futbolchi Igor Dzanoloning o'g'li. Nikoloning onasi esa o'g'lining futbolchilik faoliyati tufayli Rimga qo'chib keldi. Futbolchining otasi bilan opasi esa Speciyada istiqomat qiladi. U erda Nikoloning otasi o'zining xususiy bari xo'jayinchilik qiladi.

Francheska o'g'li Rimda maishiy muammolarga duch kelmasligi uchun birga turadi. Ammo shunga qaramay Francheskada bo'sh vaqt etarlicha topiladi. Aynan o'sha bo'sh vaqtlarida Nikoloning oyisi instagramda o'z faolligi bilan ajralib turadi.


Italiya futbolida porlayotgan bo'lajak jahon yulduzi - Nikolo Dzanolo haqida alohida maqola chop etilgandi.

Reyting: -59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика