So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Mashal"da mavsum kashfiyotlari Yangiliklar

"Mashal"da mavsum kashfiyotlari

Bu yilgi mavsumda ko'pgina jamoalar tarkiblarida kashfiyot futbolchilar kuzatildi.

Yurtimiz futboli uchun kattagina hissa qo'shib kelayotgan Mashal jamoasi to'rt nafar yosh iqtidor egalarini kashf etdi. Sardor Abduraimov, Maradona Safarov, Javohir Ilyosov, SHoxjahon Qilichev shular jumlasidandir. Biz ushbu yoshlarning ko'rsatkichlarini sar hisob qildik.

JAVOHIR ILYOSOV


Sanjar Quvvatov Nasafga o'tib ketgach jamoa murabbiylar shtabi yosh darvozabon Ilyosovga ishonch bildirishdi, Natijada esa Javohir bu masumda ko'rsatkichlar bo'yicha ampuladoshi Nosirovni ortda qoldirdi. 18ta bahs va 1541 daqiqa. Har holda debyut mavsumda yosh darvozaboni uchun bu yomon ko'rsatkich emas.



MARADONA SAFAROV

Mashhur, argentinalik futbol afsonasi, Diego Maradonaning adashi bo'lgan va mahalliy muhlislar yoqimtoyiga aylangan umidli futbolchi bu mavsumda o'zining debyut  bahsidayoq gol kiritishga muvoffaq bo'ldi. Oliy liganing  28 tur bahsini safarda Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'tkazgan gazchilar durang 1:1 natijani qayd etishgandi ushbu bahsda, Safarov hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda maydon egalarini jazoladi va Oliy ligadagi o'zing dastlabki golini qayd etdi. Maradona o'zining ilk golini kiritishi uchun unga 8 daqiqa kifoya bo'ldi xolos.  Yangi mavsumda esa iqtidorli futbolchi jamoaga yanada foydasi tegishiga shubha yo'q albatta.



SARDOR ABDURAIMOV

Tabiatan kamtarligi bilan uzining tengdosh sportchilar orasida ajralib turadigan futbolchi, bu mavsum oliy ligada jami 22 bor maydonga tushib 1450 daqiqa harakat qilan. Mavsumdagi yagona va debyut golini, Oliy liganing bu yilgi kashfiyot jamoasi bo'lgan Buxoro darvozasiga kiritgan. O'sha uchrashuvda Mashal o'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozongan. SHu bilan bir qatorda Sardorning hisobida bitta golli pas ham mavjud.



SHOHJAHON QILICHEV

2012 yili Forslar zamini bo'lgan yurt, Eronda tashkil etilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ziga xos natijalar qayd eta olgan yoshlar terma jamoa safida kashfiyot bo'la olgan istedoli futbolchi, SHohjahon Qilichev ham joriy mavsumda Mashal safida o'zinig debyutini nishonladi. Har holda uning natijalari ham qoniqarli.

Biz takidlab o'tgan to'rttala yoshlarni keyingi masumda jamoaga yanada ko'proq foydasi tegishiga ishonamiz. Eng etibrolisi bu futbolchilar oliy liganing har qanday jamoasi tarkibini munosib himoya qila olishadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика