"Mashal" 3 nafar futbolchi bilan bitim tuzdi
16 fev 17:22
Yangiliklar
"Mashal" 3 nafar futbolchi bilan bitim tuzdi
Bugun klub rahbariyati yangi futbolchilar va ularning so'nggi klublari haqida rasman malumot berdi.
Azamat Soyibov (darvozabon)
So'nggi jamoasi: "Qo'qon-1912"
Faoliyati: Mahoratli posbon "Mashal"ga qo'shilishdan avval "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Qarshining "Nasaf" va Qozog'istonning "Aris" klublarida ham to'p tepgan. Uning boy tajribasi Muborak klubi darvozasi daxlsizligini taminlashda muhim ahamiyatga ega.

Ilhom Abdug'aniev (yarim himoyachi)
So'nggi jamoasi: "Andijon"
Faoliyati: Kreativ yarim himoyachi "Andijon" tarkibida Superligada muntazam maydonga tushib kelayotgan edi. Ilhomjon maydon markazida o'yinni boshqarish va hujumlarni tashkil etishda katta tajribaga ega bo'lib, "Mashal" hujumlarini samarali tashkil etishda asosiy figura sifatida xizmat qiladi.

Azamat Maksumov (yarim himoyachi)
So'nggi jamoasi: "Aziyagol" Bishkek
Faoliyati: Azamat Maksumov legioner sifatida Qirg'iziston chempionati — Jogorku Ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, "Mashal" safini mustahkamladi. Shuningdek, u o'z vaqtida G'uzorning "Sho'rtan" va Navoiyning "Qizilqum" klublarida ham o'ynagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar