Marokash bosh murabbiyi – Senegalga qarshi mojaroli o'yin haqida: "Afrika futboli ko'rinishi juda sharmandali bo'ldi"
19 jan 07:25
Yangiliklar
Marokash bosh murabbiyi – Senegalga qarshi mojaroli o'yin haqida: "Afrika futboli ko'rinishi juda sharmandali bo'ldi"
"Biz yaratgan Afrika futboli ko'rinishi juda ancha sharmandali bo'ldi. Butun jahon ko'z o'ngida o'yinni 10 daqiqadan ortiq to'xtatish zarurati – bu juda ham chiroyli ko'rinmadi. Futbol bazan shafqatsiz bo'ladi va bugun biz mag'lub bo'ldik. Biz finalda imkoniyatlar kam bo'lishini bilamiz va ulardan foydalanish kerak. So'nggi soniyalardagi penalti bizga chempionlikni olib kelishi mumkin edi, ammo bu taqdirda yozilmagan ekan. Bu haqda soatlab gaplashish mumkin, lekin umid qilamanki, bu jamoa yanada kuchliroq qaytadi", — deya Regragining so'zlarini France24 nashri keltiradi.
Eslatib o'tamiz: Senegal darvozasiga qo'yilgan bahsli penaltidan so'ng senegallik bosh murabbiy Pap Tyav jamoani maydondan olib chiqib ketgandi. Keyinchalik Sadio Mane futbolchilarni qaytarib keldi va Braim Dias penaltini "panenka" uslubida tepdi, ammo to'p to'g'ridan-to'g'ri darvozabon Eduard Mendi qo'liga tushdi. Qo'shimcha vaqtda Pap Geye urgan gol Senegalga g'alaba keltirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar