So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Markaziy Osiyo. Qozog'iston va Qirg'iz Respublikasida peshqadam o'zgardi, "Istiqlol" mag'lubiyatga uchradi, "Arkadag'" esa... Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'iston va Qirg'iz Respublikasida peshqadam o'zgardi, "Istiqlol" mag'lubiyatga uchradi, "Arkadag'" esa...

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – «Turon»)

Qozog'iston chempionatida 9-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Oqjetpes» – «Aqtobe» – 1:3

«Atirau» – «Jetisu» – 1:1

«Ulitau» – «Astana» – 0:2

«Jenis» – «Qiziljar» – 0:0

«Qaysar» – «Turan» – 1:0

«Elimay» – «Qayrat» – 1:0

«Tobil» – «Ordabasi» – qoldirilgan

Ushbu turda eng ko'p tomoshabin «Elimay» – «Qayrat» uchrashuviga tashrif buyurgan (8300 kishi).

Turnir jadvalida «Aqtobe» birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Peshqadamlikdan tushgan «Qayrat» 23 ochko bilan eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev va «Astana» hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

10-tur o'yinlari 24–25 may kunlari o'tkaziladi:

24 may

«Qayrat» – «Oqjetpes»

«Astana» – «Jenis»

«Ordabasi» – «Ulitau»

25 may

«Jetisu» – «Aqtobe»

«Qiziljar» – «Elimay»

«Atirau» – «Qaysar»

«Turan» – «Tobil»

 

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

Tojikiston chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. «Istiqlol» safarda «Ravshan»ga imkoniyatni boy berib qo'yganiga qaramay, turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. O'tgan turda etakchidan ochko tortib olgan «Vaxsh» bu safar ham durang o'ynab, 1-o'ringa ko'tarilib olish imkoniyatini boy berdi.

To'purarlar jadvalida esa birato'la to'rt nafar futbolchi 5 tadan gol urgan holda etakchilik uchun kurash olib bormoqda.

Shuningdek, 9-turga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko'rsatkichi elon qilindi. Unda eng yuqori ko'rsatkich 17000 nafar muxlisni tashkil etgan.

10-tur o'yinlari 21–30 may kunlari o'tkaziladi.


QIRG'IZ RESPUBLIKASI

 O'zbekistonlik futbolchilar

 Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shSU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 10-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turning markaziy o'yinida «Alay» «Muras Yunayted»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

To'purarlar jadvalida Romario Richard, Oleksiy Zinkevich va Eldar Moldojunusov 6 tadan gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

11-tur o'yinlari 22–25 may kunlari o'tkaziladi.

 

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida 11-tur bo'lib o'tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi: 

 “Ashxabad” – “Kopetdag” – 0:0

“Shagadam” – “Arkadag'” – 1:4

“Merv” – “Nebitchi” – 0:0

“Altin Asir” – “Ahal” – 3:1

 Turnir jadvalida 8 o'yindan 24 ochko jamg'argan «Arkadag'» peshqadamlik qilmoqda. «Ahal» 11 o'yinda shuncha ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Turnir jadvalida 100 foizlik natija qayd etayotgan «Arkadag'» oradan uch kun o'tgach, mamlakat kubogi chorak finalida «Nebitchi» darvozasiga javobsiz 6 ta to'p kiritdi.

 

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика