Marca klasikodagi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Real" o'yinchilarini "ko'mdi". O'yinchilarga qanday baholar qo'yildi?
21 mar 2022 12:35
Yangiliklar
Marca klasikodagi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Real" o'yinchilarini "ko'mdi". O'yinchilarga qanday baholar qo'yildi?
Madrid jamoasining sakkiz o'yinchisi - Daniel Karvaxal, Eder Militao, David Alaba, Nacho, Kazemiro, Toni Kroos, Mariano Dias, Rodrigo - baholanmadi - nashr chiziqcha qo'ydi.
"Real" o'yinchilari orasidagi eng yuqori baho darvozabon Tibo Kurtuaga tegishli - ikki yulduz. Eduardo Kamavinga, Luka Modrich, Lukas Vaskes, Federiko Valverde, Marko Asensio va Vinisius Junior bittadan yulduz olishdi.
"Barselona" o'yinchilari Erik Garsiya, Serji Buskets, Frenki de Yong, Pedri va Per-Emerik Obameyang o'yindagi eng yuqori bahoni olishdi - uch yulduz.
Mark-Andre ter SHtegen, Ronald Arauxo, Jerar Pike, Jordi Alba, Usmon Dembele va Ferran Torres ikki yulduzdan, Gavi va Memfis Depay bittadan yulduz olishdi.
Marca shuningdek jamoa bosh murabbiylarini baholadi. Karlo Anchelotti bitta yulduz, Xavi esa uch yulduzga loyiq ko'rildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar