Maradonaning o'g'li: "Xames, otamning raqamiga tegma"
10 iyu 2019 00:30
Yangiliklar
Maradonaning o'g'li: "Xames, otamning raqamiga tegma"
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaning farzandi Diego Sinagra Real azosi Xames Rodrigesning Napoliga transfer qilinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Uning kelishi shunchaki orzu. Kuchli chap oyog'i bilan Xames darajasidagi futbolchi jamoani kuchaytirishi turgan gap. SHahar uni quchoq ochib kutib oladi va ishonamanki, u bu erda o'zini eng yaxshi tomonlarini ko'rsatadi. Biroq, shunga qaramay, Xames 10 raqamdagi libosni tanlama. Bu oilamizning qadri va otamga tegishli hisoblanadi. Avvalroq, uni Iguainga, keyin esa Insinega taqdim etishlari haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin, hammasi NBA kabi bo'lishi zarur», – deydi Sinagra.
Eslatib o'tamiz, Maradona 1984-1991 yillar oralig'ida neapolliklar sharafini himoya qilgan bo'lib, 188ta o'yinda 81ta gol urgandi. Uning o'gli esa 2004/05 yilgi mavsumni «Napoli»ning yoshlar tarkibida o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar