"Maqsadimiz - qasos emas, Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish!" - Arbeloa "Benfika" bilan o'yin oldidan
17 fev 01:25
Yangiliklar
"Maqsadimiz - qasos emas, Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish!" - Arbeloa "Benfika" bilan o'yin oldidan
Raqib haqida:
Arbeloa Lissabon jamoasining kuchini alohida etirof etdi:
"Birinchi navbatda, "Benfika"da juda kuchli individual iqtidorlar bor. Ularning kayfiyati va o'yinga yondashuvi uch hafta oldingi (4:2 hisobidagi mag'lubiyat nazarda tutilmoqda) bahsdagidek bo'lishi aniq. Ularda o'yin suratini belgilab beradigan va kurashuvchanlikni taminlaydigan etakchi bor. Bizni juda qiyin va raqobatga boy o'yin kutmoqda".
Qasos yoki maqsad?
Joze Mourinyuning "yarador Real" haqidagi gaplariga Arbeloa sovuqqonlik bilan javob qaytardi:
"Yo'q, hech qanaqa qasos haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Biz doim g'alaba haqida o'ylaymiz. Maqsadimiz shunchaki "Benfika"ni musobaqadan chiqarib yuborish emas, balki Chempionlar Ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritishdir. Pley-offga yo'l olish — bu biz uchun qasos emas, balki navbatdagi maqsad".
Eslatib o'tamiz, ushbu ikki jamoa o'rtasidagi birinchi bahs bugun, 17 fevral oqshomida Lissabondagi mashhur "Eshtadiu da Lush" stadionida bo'lib o'tadi. Mourinyu va Arbeloa to'qnashuvida bu safar kimning qo'li baland kelar ekan?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
benfikachilarga sabr