"Manchester Yunayted" "Yuventus"ga Rabo uchun 15 million evro taklif qildi
09 avg 2022 15:23
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Yuventus"ga Rabo uchun 15 million evro taklif qildi
"Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Angliya klubi 27 yoshli francuz uchun 15 million evro taklif qildi. MYU futbolchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi va kelishuv shartlari bo'yicha o'yinchining onasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Yarim himoyachi tomoni bitim uchun yuqori komission pul talab qilmoqda va katta bonus olmoqchi.
Rabo 2019 yilning iyulidan beri "Yuventus"da o'ynaydi, uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Francuz o'tgan mavsum italyan jamoasi tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 17 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar