"Manchester Yunayted" Ronaldu bo'yicha Osiyo klubidan rasmiy taklif oldi
04 avg 2022 20:23
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Ronaldu bo'yicha Osiyo klubidan rasmiy taklif oldi
The Athletic xabariga ko'ra, 37 yoshli hujumchi Manchester klubini ushbu yozda tark etishi dargumon.
Manbalar xabarlariga ko'ra, Ronalduning seshanba kuni "Manchester Yunayted"ning ochiq mashg'ulotida to'laqonli ishtirok uning klub bilan aloqalarini tiklayotganiga yorqin misol bo'la oladi.
Ronalduning potencial xaridorlari doirasi tor – "Manchester Yunayted" faqatgina Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubidan rasmiy taklif oldi.
"Yunayted" Ronaldu sotilmasligini malum qildi, biroq klubda boshqacha fikr hukmronlik qilayotgani xabar qilindi. Endilikda Erik ten Xag katta ehtimol bilan mavsumoldi tayyorgarlikning asosiy qismini o'tkazib yuborgan portugaliyalik forvardni o'z uslubiga moslashtirishiga to'g'ri keladi.
Ronalduni sotishni istamaslikning yana bir sababi — klubdagi boshqa hujumchilarning kuchiga ishonch yo'qligi bilan izohlanadi. "Manchester Yunayted" Antoni Marsyal butun mavsum davomida barqaror o'ynay olishiga shubha qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar