"Manchester Yunayted" "Nyukasl" bilan muzokaralarni boshladi
25 avg 2022 14:57
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Nyukasl" bilan muzokaralarni boshladi
"Nyukasl" posboni Martin Dubravka faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi kutilmoqda.
"Nyukasl" Nik Poupni sotib olganidan keyin Dubravka jamoasining ikkinchi posboniga aylanib qoldi. "Manchester Yunayted" esa David de Xea hamda Tom Xitonga raqobat uyutirishni istaydi va shu sababli Dubravkani yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar tarkibga qo'shib olmoqchi. Klubning yana bir darvozaboni Din Xenderson esa ushbu mavsumni "Nottingem Forest"da ijarada o'tkazmoqda.
Dubravka 2018 yili Praganing "Sparta" jamoasidan o'tgandi. "Qarg'alar" tarkibida u 130 o'yinda qatnashib, 175 gol o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar