So’nggi yangiliklar

"Manchester Yunayted" Kazemiroga o'rinbosar topdi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Kazemiroga o'rinbosar topdi

"Qizil iblislar" Joau Gomesga ko'z tikmoqda.

"Manchester Yunayted" yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan yarim himoyachisi Kazemironing o'rniga futbolchi topib qo'ydi, deb xabar beradi "Football Transfers".



"Qizil iblislar" "Vulverxempton"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Joau Gomesga qiziqish bildirmoqda.

Joau Gomes joriy mavsum "bo'rilar" safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Manchester Yunayted" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi ekani xabar qilingan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика