"Manchester Yunayted" gruziyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda Yangiliklar

"Manchester Yunayted" gruziyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda

Mankunianlar yozgi transferlarni rejalashtirmoqda.

"Manchester Yunayted" "Valensiya" darvozaboni Georgiy Mamardashvilining agenti bilan muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda "90 min" xabar bermoqda.

22 yoshli posbon "Valensiya"ning asosiy o'yinchisi hisoblanadi. "Qizil iblislar" "Tottenxem" va "CHelsi" raqobatiga duch kelishi mumkin.

Mamardashvilining "Valensiya" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali 22 yoshli gruziyalik futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

Mamardashvili joriy mavsum "Valensiya" tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 38 ta gol o'tkazib yubordi va 7 ta o'yinda darvozani "quruq" saqladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика