"Manchester Siti"ning etakchi futbolchilari ECHLdagi mag'lubiyatdan so'ng, Norvegiyaga borgan muxlislarining harajatlarini qoplab berishga qaror qilishdi
21 jan 22:47
Yangiliklar
"Manchester Siti"ning etakchi futbolchilari ECHLdagi mag'lubiyatdan so'ng, Norvegiyaga borgan muxlislarining harajatlarini qoplab berishga qaror qilishdi
"Manchester Siti" noqulay sovuq ob-havoda kutilmaganda kamtar raqibiga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bernardu Silva, Ruben Diash, Rodri va Erling Holand muvaffaqiyatsiz natijani inobatga olib, o'yinga tashrif buyurgan 374 nafar jamoa muxlislarining barcha xarajatlarini qoplashga qaror qilishdi.
"Muxlislarimiz biz uchun hamma narsadan qimmatli. Ular bizni qo'llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan kelishlarini va bu qanday fidoyilik ekanligini yaxshi bilamiz. Buni hech qachon etibordan chetda qoldirmaymiz. Ular dunyodagi eng ajoyib muxlislar.
Shuningdek, maydondagi og'ir kechada, qahraton sovuqqa qaramasdan, bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizning say-harakatlarini tan olamiz. Bodoga safar qilgan muxlislarimizning chiptalar uchun to'lagan pullarini qoplash - bu biz uchun ularning oldidagi eng kichik burch", deyiladi "Siti"ning asosiy futbolchilari bergan qo'shma bayonotda.
"Manchester Siti" Chempionlar ligasining asosiy bosqichida 7-o'rinni egallab turibdi va 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun davogarlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar