"Manchester Siti" yozda MYU qiziqqan darvozabonni sotib olmoqchi
25 fev 18:45
Yangiliklar
"Manchester Siti" yozda MYU qiziqqan darvozabonni sotib olmoqchi
"Portu" golkiperi Diogu Koshta "shaharliklar"ning yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biri bo'lib turibdi.
Kiperning o'zi ham yozda boshqa jamoaga o'tishga tayyorligi aytilmoqda.
25 yoshli darvozabon "Manchester Siti"ni jiddiy tarzda qiziqtirib qo'ygan. Portugaliyalik to'rtinchi mavsumdirki "Portu"ning birinchi raqamli posboni bo'lib kelmoqda. Evro-2024dan keyin u Portugaliya terma jamoasida ham asosiy tarkib azosiga aylangan.
Avvalroq, "Manchester Siti" yozda qator futbolchilar bilan xayrlashmoqchiligi, ular orasida darvozabon Ederson ham borligi aytilgandi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik golkiper ham "Etixad"ga Portugaliyaning "Benfika"sidan 2017/18-yilgi mavsum oldidan kelgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar