"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Husanovni maqtadi
24 fev 12:30
Yangiliklar
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Husanovni maqtadi
"Shaharliklar" sobiq azosi Pol Dikov "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanovning "Liverpul"ga qarshi (0:2) Angliya Premer-ligasi 26-tur o'yiniga baho berdi.
Sobiq forvard Matchday LIVE efirida 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchining jamoasi mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, futbolchining harakatlari iliq taassurot qoldirganini aytib, "ajoyib" deya baholadi.

Qayd etish kerakki, "Liverpul" bilan o'yinda Husanov bir yo'la ikkita ko'rsatkich bo'yicha eng yaxshi deb topilgandi – to'pga eng ko'p tegish (102), shuningdek, paslar aniqligi (99%).
Bundan tashqari, Husanov APLning 26-turida to'p uchun kurashda eng ko'p (12 marta) g'olib chiqqan futbolchi bo'ldi.
Malumot uchun, Dikov futbolchilik davrida "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa jamoalar sharafini himoya qilgan. U Shotlandiya terma jamoasi safida 10 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar