"Manchester Siti" hujumchisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin
20 jan 23:12
Yangiliklar
"Manchester Siti" hujumchisi faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin
"Fulxem" "Man Siti" futbolchisiga qiziqib qolgan.
"Fulxem" "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Oskar Bobbni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, klublar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq londonliklar hali rasmiy taklif yo'llamagan. Futbolchiga Dortmundning "Borussiya" jamoasi ham qiziqish bildirgan. Bobbning yaqin kelajakda "shaharliklar"ni tark etishiga Antuan Semenyu va Savio kabi o'z poziciyasidagi raqobatchilarning mavjudligi ham sabab bo'lishi mumkin.
Klubning joriy mavsumidagi 15 ta o'yinida Oskar Bobb bitta gol uzatmasini amalga oshirgan. Transfermarkt saytining malumotlariga ko'ra, hujumchining hozirgi bozor narxi 25 million evroni tashkil etmoqda.

O’xshash yangiliklar
23:47
Abduqodir Husanov "Manchester Siti" - "Salford Siti" uchrashuvi eng yaxshi futbolchisi deb topildi 5
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar