"Manchester Siti" Gomesni xarid qilishga yaqin
10 avg 2022 10:20
Yangiliklar
"Manchester Siti" Gomesni xarid qilishga yaqin
"Manchester Siti" "Anderlext" himoyachisi Serxio Gomes bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, bitim 10 mln evrodan ortiqroq mablag' evaziga amalga oshadi. Tomonlar ayni damda so'nggi tafsilotlarni muhokama qilishmoqda, shundan so'ng bitim yakunlanadi.
Qayd etish kerakki, "Siti" dastlab 21 yoshli futbolchini "Jirona"ga ijaraga berishni rejalashtirgandi, ammo klub endilikda Gomesni birinchi jamoada saqlab qolish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Himoyachi o'tgan mavsum "Anderlext" tarkibida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 15ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar