"Manchester Siti" Germaniya terma jamoasining 130 millionlik yulduzi uchun kurashda "Real" va "Bavariya"dan oldinda
21 noy 2024 00:53
Yangiliklar
"Manchester Siti" Germaniya terma jamoasining 130 millionlik yulduzi uchun kurashda "Real" va "Bavariya"dan oldinda
"Manchester Siti" "Bayer" yarim himoyachisi Florian Vircning transferiga yaqinlashdi.
"SHaharliklar" futbolchi uchun 100 mln funt sterlingdan oshiq pul to'lashga tayyor. Amaldagi chempionlar rahbarlari klubda qolishga qaror qilgan Xosep Gvardiola bilan ishlash imkoniyati Virc uchun kurashda hal qiluvchi omil bo'lishini kutishmoqda.
O'yinchini shuningdek "Bavariya", "Real", "CHelsi" va "Liverpul" o'z safida ko'rmoqchi. Ammo, aynan "Man Siti" asosiy favorit sifatida tilga olinmoqda. Transfermarkt nemisni 130 mln evroga baholagan. Xavbek Germaniya terma jamoasi safida 29ta o'yinda 6ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar