"Manchester Siti" ehtimoliy yangi o'yinchi bilan muzokaralarni boshladi
29 may 14:47
Yangiliklar
"Manchester Siti" ehtimoliy yangi o'yinchi bilan muzokaralarni boshladi
"Manchester Siti" Rayan Sherki bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Ingliz klubi "Lion" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishni "o'nlik" poziciyasini kuchaytirish imkoniyati sifatida ko'rmoqda. "Shaharliklar"ga "Nottingem Forest"dan Morgan Gibbs-Uayt ham qiziq.
Franciyalik futbolchi unga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotganidan xabardor. Avvalroq, Sherki uchun 24-30 mln evro miqdorida badal puli to'lab, uni xarid qilish mumkinligi xabar qilingandi.
Rayan Liga 1ning o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar