"Manchester Siti" "Barselona"dan Evropa chempionini olib ketmoqchi
07 apr 2025 12:54
Yangiliklar
"Manchester Siti" "Barselona"dan Evropa chempionini olib ketmoqchi
"Manchester Siti" o'tgan yanvar oyida La Ligada ro'yxatdan o'tish bilan bog'liq muammolar tufayli Kataloniya klubini tark etishi mumkinligidan xavotirlar paydo bo'lgach, "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirgan birinchi klub bo'ldi.
Sport.es xabariga ko'ra, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchini jamoa tizimiga mos deb hisoblagan. Shuningdek, Olmo 33 yoshli yarim himoyachi Kevin De Bryuynega o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, yanvarda Ispaniya Oliy sport kengashi (CSD) "Barselona"ga Olmoni mavsumning ikkinchi qismida ishtirok etish uchun vaqtincha ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bergandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 28 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Olmoning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar