So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  0 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Mamur Ikromov: ”G'alabaga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman” Yangiliklar

Mamur Ikromov: ”G'alabaga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman”

Samarqand shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi final uchrashuvida “Lokomotiv” “Nasaf”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng “temiryulchilar” darvozaboni Mamur Ikromov saytimiz uchun intervyu berdi.

- Ikki jamoa ham natija uchun, g'alaba uchun o'ynadi. Kurashlarga boy bo'ldi. Omad bizga kulib boqdi va biz g'alaba qozondik. Tezkor gol urib, hujum qilishga harakat qildik va hisobni ushlashga ham harakat qildik.

- Murabbiy o'yindan oldin jamoani qanday ruhlantirdi?
- Maydon holati uncha sifatli emasdi. O'yin davomida mayda uzatmalar berishga qiynaldik. Birinchi taymdan keyin murabbiyimiz uzoq uzatmalar oshirishga ko'rsatma berdi.

- Bugungi finalning tashkiliy masalalari haqida nima deya olasiz?
- Hammasi yaxshi o'tdi. Hammasi uchun rahmat. Bugun bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham rahmat va Qarshidan kelgan muxlislarga rahmat. Ikkala jamoaning muxlislari o'yinni  ko'tarinki ruhda o'tishiga sababchi bo'ldi.

- Bugungi o'yinda Ignatiy Nesterov o'rniga siz asosiy tarkibda tushdingiz. Bunga sabab nima? Nesterovning jarohati bormidi?
- Menimcha jarohati yo'q edi. Bu murabbiylarning tanlovi.

- CHempionat o'yinlarida va bugungi o'yinda ham Dragan CHeran asosan birga-bir vaziyatda hujum qiladi...
- Ha. Ikkinchi taymda shunday vaziyat bo'ldi. Himoyachilarimiz ulgurmay qoldi va man oldinga chiqdim. Xudoga shukur jamoani goldan qo'tqarib qoldim. G'alabaga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman.

Dildora Xolboeva
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика