So’nggi yangiliklar

19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  2 19:05Суперлига. "Динамо" - "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)   8 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  21 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  11 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  17 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  26 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   1 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   8

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni shu yo'l bilan yo'q qilmoqchi bo'lishsa, qo'llaridan hech narsa kelmaydi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor"ni shu yo'l bilan yo'q qilmoqchi bo'lishsa, qo'llaridan hech narsa kelmaydi"

Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Olimpik" (1:1) bellashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

- Ikki xil taym guvohiga aylandik. Afsuski, birinchi taymda umuman o'zimizga o'xshamadik. Ikkinchi taymda esa maydonda umuman boshqa futbolchilarni ko'rdik. Gol urishimiz kerak edi. Raqib ham juda ko'p vaziyatlar yaratdi. 

Biz raqib xatosidan keyin gol urdik, ular bizning xatomizdan so'ng urishdi. 

Ochig'i, yana hakamlik haqida gapirishni xohlamayman. Hozir vaziyatlarni takroran ko'rib chiqdik. "Paxtakor"ni shu yo'l bilan yo'q qilmoqchi bo'lishsa, qo'llaridan hech narsa kelmaydi. Biz aksincha, kuchliroq bo'lamiz. VAR haqidagi taassurotlarim salbiy, go'yo xonada o'tiradiganlar uchun u o'yinchoq. Ular boshqa narsani ko'rishadimi, tushunmayman. To'p yon chiziqdan chiqib ketsa ham, nimadirlarni ko'rishadi, har gal to'p maydonni tark etsa, nimanidir ko'rishadi. Axir, shu holatda qanday qilib o'yinda shiddat bo'lishi mumkin? Hakamning maydonda borligi sezilmasligi kerak. Ikki jamoaga xalaqit qilmaslik lozim. Xuddi Playstation olib kelib, tepada o'ynab o'tirishganday tuyuladi. To'p maydondan chiqib ketganda, ular nimanidir muhokama qilishadi, nimanidir gaplashishadi, shu orqali o'yin ritmi yo'qolib qoladi. 

Jizzaxda kulgili tarzda penalti belgilashdi.  Inson to'pni qo'li bilan to'syapti, keyin u darvozabonga yumalab boryapti. To'p darvozabonga shunday uchib borishi uchun tananing qaysi qismiga tegishi kerak? Qani, ko'rib chiqishsin-chi, ko'ramiz. 

- Mavsum avvalidagi markaziy himoyachilar yo'q, hozir boshqa futbolchilar o'ynashyapti.  Ularning eskilardan qanday farqi bor?

- Buning uchun hali vaqt kerak. Ular bir-birini tushunishlari uchun ko'proq o'ynashlari lozim. Har bir mashg'ulot va har bir o'yindan kelib chiqib rivojlanib boramiz. Umuman olganda, jamoamizning ikkinchi taymdagi o'yinidan qoniqdim. 

- Ikkinchi taymda yigitlar yaxshi o'ynashdi, deyapsiz. Tanaffusda nimalarni uqtirdingiz?

- SHunchaki taktik o'zgarishlar qildik, ayrim jihatlarni balandroq ovozda tushuntirishimga to'g'ri keldi. CHunki birinchi taymda o'z jamoamni tanimadim. 

Ikkinchi taymda 3-4 ta gol urishimiz mumkin edi. Bugun nasib qilmadi. Demak, boshqa o'yinda uramiz. Hechqisi yo'q, rivojlanishda va ishlashda davom etamiz.

- SHerzod Azamovga nima bo'ldi? Taxminiy xulosalar bormi?

- Hozircha bilmaymiz. Uni eski jarohati qiynayapti. Ertangi tibbiy tekshiruvlardan so'ng hammasi oydinlashadi. 

- Hakamlar bo'lar-bo'lmasga hushtak chalib, futbolchilar o'yiniga salbiy tasir ko'rsatishdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Hakam ikki jamoa futbol o'ynashiga xalaqit qilmasligi lozim. Hakam maydonda asosiy shaxs bo'lib qolyapti. Afsuski, yillar o'tib boryapti, lekin hech nima o'zgarmayapti. Bilmayman, ular qanday futbol ko'rishadi? Ularga nimalar o'rgatiladi? O'ylaymanki, ular ham ECHL, Evro va JCHni ko'rishadi. SHunchaki hamkasblari qanday boshqarishyapti, bir tomosha qilishsin. Ularga boshqacha hakamlik qilishni o'rgatishadimi, bilmayman. 

Qo'shimchasiga VAR bor bo'lsa, nima o'zgaradi-yu, yo'q bo'lsa, nima bo'ladi? Etibor bering, ikkinchi davrada 4 ta o'yin o'tkazdik. VAR necha marta vaziyatlarni ko'rdi va qanchasida bizning foydamizga qaror chiqardi? Menga ular keltirgan dalillarni eshitish qiziq. Penalti nega belgilanmagani bo'yicha xulosalarini tinglashni xohlardim.

- "Paxtakor"ning chempionlik yo'lidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hamma jamoada bir xil imkoniyat bor. Hammasi oldinda, o'yinlar ko'p. Har bir bahsda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Boshqa yo'l yo'q. Bizga xalaqit qilishga qanchalik harakat qilishmasin, qo'llaridan hech nima kelmaydi.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика