So’nggi yangiliklar

09:50"Сепахон" бош мураббийи Игор Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  2 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  1 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  13 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  5 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  18 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  12 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  8 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  2 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  1 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  4

Maksim SHackix: "Paxtakor" Namanganda ikki ochko yo'qotdi. Kubok uchrashuvidan oldin hamma sirlarimizni ochmadik" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor" Namanganda ikki ochko yo'qotdi. Kubok uchrashuvidan oldin hamma sirlarimizni ochmadik" (matbuot anjumani)

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.





"Barchaga xayrli kech. Buncha ko'p jurnalistni ko'rish yoqimli. Menimcha o'yin muxlislarga yoqdi. CHempionlik uchun kurashayotgan ikkita kuchli jamoa to'qnash keldi, shu bois bahs tomoshabop va keskin o'tdi. Odatda bunday o'yinlarda ko'p golli vaziyatlar kutilmaydi, ammo bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun tomoshabinlar stadionni to'ldirishdi va ular uyga yaxshi kayfiyatda ketishdi deb o'ylayman", - dedi Maksim SHackix.

- Har bir murabbiy o'yindan avval ham raqib, ham o'z jamoasi o'yini haqida tasavvur bo'ladi. Bugun o'sha tasavvuringiz bilan qanchalik mos tushdi?

- Biz har bir raqibga tayyorgarlik ko'ramiz. Uning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqamiz. SHunga qarab taktika tuzamiz. "Navbahor"ning ko'p o'yinlarini ko'rib chiqdik. Ular doim bir xil o'ynashadi, bugun ham shunday bo'ldi. Bizning darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar sodir bo'ldi va gol o'tkazdik. SHunday ekan qiladigan ishlarimiz ko'p.




- Namanganlik muxlislar akangiz Oleg SHackixni yaxshi xotiralar bilan yodga olishadi. U hozir qaerda?

- Oleg SHackix hozir oilasi bilan Moskva viloyatida yashamoqda. Sport bilan aloqador emas. Boshqa ishlar bilan band. Asosiysi unda barchasi yaxshi. Bugun o'yindan oldin 30 yil avval Namanganga aynan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuviga kelganimni esladim. O'shanda akamga qarshi "Paxtakor" safida rahmatli Nikolay SHirshov personal o'ynagandi. Standart vaziyatdan keyin akam boshi bilan gol urgandi va "Navbahor" 1:0 hisobida yutgandi.

- Aziz Turg'unboevni o'zgartirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Turg'unboev biroz charchab qolganini sezdik. U namanganlik ekanini bilardim. Bugun asosiy tarkibda tushishi shart edi. Ikkinchi taymda uning o'rniga boshqa futbolchi tushirishga va hujumni yanada jonlantirishga harakat qildik. Keyinroq sxemani o'zgartirishga qaror qildik. Sababi bizda sxemalarimiz juda ko'p va yigitlar bundan xabardor.

- Anchadan buyon "Paxtakor" uch markaziy himoyachi bilan o'ynamagandi. Bu aynan "Navbahor" bilan o'yin uchun tanlangan taktikami yoki keyin ham shunday o'ynaysizlarmi?

- Bunday taktikani hali ko'p ko'rasizlar. Jahonda 75-80 foiz klublar uch markaziy himoyachi bilan o'ynayapti. Zamonaviy futbolga moslashib boramiz. Taktik tarafdan syurprizlar mavsum davomida etarlicha bo'ladi.

- O'yin davomida taktik sxemani o'zgartirdingiz. Bu orqali kubok uchrashuvidan oldin raqib murabbiyiga sirlarni ochib qo'ymadingizmi?

- Yo'q, sirlarni ochmadik. Hali sirlarimiz ko'p. Bugun ularni albatta ochmayman.

- Kubokda ham "Navbahor" bilan o'ynaysizlar. Imkoniyatlarni qanbay baholaysiz? Qura yoqdimi yoki yoqmadimi?

- Rostini aytaman, futbolchilik paytimda bironta qurani ko'rmaganman. CHempionlar ligasi yoki kuboklarni ham. Menga qachon va qaerda o'ynashning umuman farqi yo'q. Namanganda stadion to'lib tursa nima uchun yana bu erda o'ynamasligimiz kerak? Doim to'lib toshgan stadionda o'ynash yoqimli. Uydami yoki safardami farqi yo'q.




- Bugungi natijadan qoniqdingizmi? Har holda "Navbahor"dan ochko oldingiz...

- Biz ochko oldik? Meni fikrimcha bugun biz "Paxtakor" ikki ochko yo'qotdi. Balki "Navbahor" bir ochko olgandir, buni bilmayman.

- Bugun ikkala jamoa ham vaziyatlardan foydalanishda oqsadi. Siz Kievning "Dinamo" klubida tajriba olgansiz. Bugun jamoalarga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Nima etishmayapti? Individual mahorat. Futbolchilarga gol urishni o'rgatib bo'lmaydi. Bunda individual mahorat kerak. Futbolchini ochilishga, zonani kengaytirish yoki toraytirishga, raqibdan to'pni olib qo'yishni o'rgatish mumkin. Hozir miya va qarorni qabul qilish tezligi futbolda eng oliy o'rinda. Zamonaviy futbol shunga qarab ketmoqda. Ulardan biri bo'lmasa jiddiy natijaga erishish juda qiyin.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика