So’nggi yangiliklar

Maksim SHackix: "Natijadan qoniqmadim, bizga g'alaba zarur edi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Natijadan qoniqmadim, bizga g'alaba zarur edi"

OCHLning 4-turi doirasida "Axal" maydonidagi durangdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Natijadan qoniqmadim, bizga g'alaba zarur edi. O'yin oxirida qiyin vaziyatdan chiqib ketishga urindik. SHunday ajoyib stadionda tabiiy chim yoki hech bo'lmaganda sifatli suniy chimda yo'qligi ajablanarli. Bunday joyda o'ynashga qaror qilingan ekan, chimni yaxshi holatda ushlash kerak. Evropada ham bazida bunday maydonlarda o'ynaladi, ammo sifati juda yaxshi. Bu maydon juda qattiq. Kamchilikda qolgan bo'lsak-da, oxirgi daqiqalarda o'yinni o'zgartirishga intildik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, lekin aniq zarbalar yo'llay olmadik. Mezbonlar kutilmagan narsa bilan hayron qoldirishmadi, kutilganidek harakat qilishdi.

Kam bo'lib qolganimizdan keyin hujumni jonlantirish uchun hujumkor futbolchilarni tushirdim. Qizil kartochka borasida etirozim yo'q. Hakam VARni ko'rgani borayotganda yordamchilarimga maydondan chetlatish bo'lishini aytdim.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика