So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Maksim Shackix: "Men doim bir gapni aytaman: biz muxlislar uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Men doim bir gapni aytaman: biz muxlislar uchun o'ynaymiz"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Sho'rtan" (4:3) uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'ylaymanki, bugungi o'yin muxlislarga yoqdi. Men doim bir gapni aytaman: biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Qiziq uchrashuv guvohi bo'ldik, ettita gol ko'rdik, penalti belgilandi, xavfli vaziyatlar ham ko'p bo'ldi. Bitta o'yin uchun bularning bari etarli deb o'ylayman. Lekin bunday uchrashuvlarni o'tkazish murabbiy uchun oson emas. Doim diqqat bo'lasan, sochingga oq tushadi. Muxlislar esa maza qiladi. Lekin baribir futbolda eng muhimi - ishqibozlarning xursand holda uyga qaytishi.

- Usmonali Ismonaliev oxirgi o'yinlarda oldingi chiziqda harakat qilyapti. U o'zini qanday his qilyapti?

- O'yindan oldin unga vinger sifatida foydalanmoqchi ekanimni aytgandim Lekin qo'shimcha sifatida o'yindagi vaziyatga qarab o'rta chiziqqa o'tsa bo'lishini ham uqtirgandim. Maydon markazida Jo'raqo'ziev, Abdumannopov, Ismonaliev - triosi bemalol joy almashib o'ynashi mumkin. Chunki ularning uchalasi ham maydon markazi yoki qanotlarda o'ynay oladi. Shunday bo'ldiki, bugun Usmonali ikkita gol urdi va bu bilan jamoa g'alabasiga hissa qo'shdi. Buning uchun xursandman.

- Sunnatillo Hamidjonovda bosim ko'pdek ko'rinyapti.

- Men unda qandaydir bosim bor deb o'ylamayman. To'g'ri, bugun birinchi daqiqalardayoq o'zini yo'qotib qo'ydi. O'zi bilan gaplashib ko'rgach nima ro'y berganini o'rganamiz. Lekin bilishimcha, unda hammasi joyida bo'lishi kerak.

- Markaziy va qanot himoyachilaridan ko'nglingiz to'ldimi?

- Uchta gol o'tkazganimizni hisobga olsak, himoyachilar o'yinidan qoniqdim deya olmayman. Ammo hech kimni ayblamoqchi emasman. Chunki men har doim hamma hujum qiladi va hamma himoyalanadi deb aytaman. Bizda falonchi adashdi, pistonchi xato qildi degan gaplar yo'q. Futbol bu - jamoaviy o'yin. Shuni aytishim mumkin, uchala golni ham o'zimizga o'zimiz olib keldik.

- Abdug'aniev bilan Sohibjonov nima uchun U-21 jamoasiga o'tkazildi.

- Ular o'rinbosarlar jamoasiga bugun borib qolgani yo'q. O'ziga yarasha sabablari borki, ularni U-21 jamoasiga berdik. Bu mashg'ulotdagi holat bilan bog'liq. Ularni kuzatyapmiz. Bilasizmi, asosiy jamoada o'ynash uchun shunga haqli bo'lish kerak. Bu birdaniga ro'y berib qolmaydi. O'rinbosarlardan ko'plab futbolchilarni chaqiryapmiz, ularni mashg'ulotda sinab ko'ryapmiz. Kimni loyiq ko'rsak, asosiy jamoada o'ynatamiz.

- Oleg Zoteev bilan Islom Mamatkazin qachon o'yinga tayyor bo'ladi?

- Mamatkazin endi-endi individual mashg'ulotlarni boshladi. Xayriyat, unda hech qanday muammo yo'q. Zoteev esa alohida topshiriqlarni tugatib, umumjamoa mashg'ulotiga qaytdi. Balki u 22 oktyabr kungi o'yinimizda zaxirada bo'lishi mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
18 okt 00:38:53
David Terezege
Gap yoq !
Interyuni uqib mazza qildim
bor gaplarni gapirib quyibti
+1   
17 okt 23:35:09
NEWS 24
Shundey ushlash kerak mavsum oz qoldi Andijon
   
18 okt 15:53:45
Bahrom Abdurahmonov
Omadini bersin!
   
18 okt 07:26:15
BXZ BXZ
Андижонни у́йинида анча мазмун пайдо бу́лвотти ва яхши хужумкор жамоага айланвотти . Химоядаги ишларни жойига ку́йса Андижон кучли жамоага айланади .
   
18 okt 00:19:11
Kane 010 Kane 010
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Ilxomni jamoadan yo'q qivorsayam bo'loradi Farxodga lekin imkon berish kerak
Unga qo'shib 14 Komilov xam
   
17 okt 23:52:53
Sardorbek..
Ilxomni jamoadan yo'q qivorsayam bo'loradi Farxodga lekin imkon berish kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика