Maksim SHackix: "Futbolga bo'lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to'g'ri keladi"
06 avg 2022 21:34
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Futbolga bo'lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to'g'ri keladi"
Coca Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix fikrlarini bildirdi.
"Bilasizmi, biz bunday quruq va suv sepilmagan maydonda o'zimiz xohlagan, Evropa darajasidagi futbolni ko'rsata olmaymiz. Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin shunga majbur bo'lyapmiz. Negadir ikki o'yindan beri aqlga sig'maydigan ishlar sodir bo'lyapti. Ko'rib chiqib, muhokama qilib olamiz.

Siz O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga borishini xohlaysiz, buni kutib qarib ketasiz. Futbolga bo'lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to'g'ri keladi. SHuning uchun buni orzu ham qilmang", – dedi SHackix.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar