So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  15 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Maksim SHackix: "Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng negadir g'alati o'yin ko'rsatishni boshladik. Boshqa gapim yo'q" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng negadir g'alati o'yin ko'rsatishni boshladik. Boshqa gapim yo'q"

O'zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:3) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng negadir g'alati o'yin ko'rsatishni boshladik. SHu, gapiradigan boshqa gapim yo'q", — deya so'z boshladi SHackix.

— "Paxtakor"da himoya bilan bog'liq muammolar ko'rindi. Ikki himoyachi qaytdi, ammo "Lokomotiv" bilan o'yinda bo'lgani kabi orqada bo'shliqlar paydo bo'ldi, tayanch hududida ham xatolar kuzatildi.

— Individual mahorat va aql. Bizda shu bo'yicha katta muammo bor. Ko'ring, bolalarcha xatolar qildik. Doim shular bo'yicha ishlaymiz va uqtiramiz.

— Jamoa ikkinchi bo'limda juda xotirjam ko'rindi. Qandaydir ko'rsatma berilmadimi?

— Ko'rsatma? O'yindan oldingi ko'rsatma bo'lsa, unda faqat oldinga deganman. Yon chiziq bo'ylab sharh berib borish uchun u yoqdan bu yoqqan yugurishim kerakmas. Bu uchun o'yinoldi va tanaffus vaqti bor. Maydonda vaziyat tez o'zgaradi, ular bitta aytilgan gap bo'ycha harakat qilmay, o'zlari qaror chiqarishlari kerak. Murabbiylar shtabi natija uchun masuliyatni o'z bo'ynimizga olamiz, futbolchilar esa o'z harakatlari uchun. Qachonki shu narsa bo'lsa, nimadir o'zgarishi mumkin.

— Olimpiya terma jamoamiz aprelda Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Unda jamoangizning ko'plab asosiy o'yinchilar bor. Umuman olganda, bu o'sha payt kubokdagi o'yinlarga qanday tasirini o'tkazadi?

— Qanday tasir ko'rsatishini ko'ramiz. Ularning jamoaga qanday holatda qaytishlari noaniq. Umuman boshqacha bo'lib kelishadi. Nima qilamiz, yoshlarimiz bor, ulardan yig'amiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика