So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  6 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  9 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Maksim SHackix: "Bunday futbol bilan Jahon chempionatini hali juda uzoq kutishimizga to'g'ri keladi. Juda uzoq! So'zlarimni eslab qoling" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Bunday futbol bilan Jahon chempionatini hali juda uzoq kutishimizga to'g'ri keladi. Juda uzoq! So'zlarimni eslab qoling"

Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Bilasizmi bugun nimani esladim. Bu mavzuni yana gapirgim kelmayapti. Ammo bir gap hayolimga keldi: "Sovet davridagi uy hakamligi". O'zbekiston mustaqil bo'lganiga 31 yil bo'ldi, Sobiq Ittifoq hozirda mavjud emas. Biroq bugun bildimki, u hali ham kimlarningdir miyyasida tirik ekan. Gap bunda ham emas. Gap biz haqimizda ham emas. Biz bu mag'lubiyatga ko'nikamiz, o'tib ketadi. Gap shundaki, futbolning ustidan kulishmoqda. Mana shu narsa alam qilmoqda. Futbol maydoniga borini tashlab, jonini berayotgan yigitlarning ustidan kulishmoqda. Menda gapiradigan gap ko'p. SHunchaki bizning ustimizdan kulishmoqda, tupurib qo'yishmoqda desa ham bo'ladi. Hech qisi yo'q. Hammasi ko'rinib turibdi. O'yinga kelsak, men doim yigitlarga "agar biz o'zimizga gol urmasak, birov bizga gol ura olmaydi", -deb aytaman. CHempionatdagi hech kaysi jamoa bizni ustunlik bilan mag'lub qila olmaydi. Bu faqat bizga bog'liq: biz yoki o'zimizga gol olib kelamiz, yoki gol uramiz. O'yindan keyin yigitlarimni tabriklab qo'ydim. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Ammo biz o'yinni to'liq nazorat qildik. Bitta gol urib, ikkita o'tkazib yubordik. Bu qo'rqinchli emas. Oldinda chempionat kutib turibdi. Xotirjamlikni saqlaymiz va chempionat o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'ramiz. 

- "Paxtakor" darvozasi yonida juda ko'p vaziyatlar yaratilyapti. Nima deb o'ylaysiz bu Azamovning jarohati bilan bog'liqmi yoki bu butun himoyadagi muammomi?

- Himoyamizda muammo bor deb o'ylamayman. Vaziyatlar deganda nimani nazarda tutyapsiz? Bugun men darvozabonimiz seyv qilganini yoki shunga o'xshash vaziyatni ko'rmadim. Faqatgina burchakdan oshirilgan to'plar va hakazo. Bundan holatlar vaziyat deyilmaydi. Vaziyat deganda kombinaciya bilan darvozaga zarba berish tushuniladi. Bugun esa darvozabonimiz biror marta seyv qilmadi. Aytganimdek, biz barcha vaziyatlarni o'zimizga o'zimiz olib kelyapmiz. 

- Meni tushunishim bo'yicha Banashak hujumchi edi. Hozir esa u vinger sifatida harakat qilmoqda. Hujumchi sifatida uning o'yinidan qoniqmayapsizmi yoki CHeran varianti Banashakdan yaxshiroqmi?

- Men sizga oldingi avval ham aytgandim. Bizda etarlicha taktik sxemalar bor. Biz qaerda, qachon va kimga qarshi o'ynashimizdan katiy nazar bizda yangi sxemalar va tarkibda yangiliklar bo'ladi. Biz bu erda turib qolish niyatida emasmiz. Biz oldinga harakat qilib, tomoshabop o'yin ko'rsatmoqchimiz. Biz boshqa daraja sari harakat qilmoqdamiz. Biz chiroyli o'yin ko'rsatmoqchimiz. SHu sabab ham, har o'yinda qandaydir yangilik kiritamiz. Biz bugun shunday o'yinni sinab ko'rdim. Keyingi o'yin yana ko'ramiz.

- Penaltilar masalasida sizda qandaydir shubha bormi?

- Men hali vaziyatlarni ko'rganim yo'q. Matbuot anjumanidan so'ng boraman va o'sha vaziyatlarni qayta tomosha qilaman. Hozir esa ko'rmagan narsam haqida gapira olmayman.

- Bugungi uchralgan mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Bizning xatolar. Biz bugungidek hakamlikdan so'ng ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo yana qaytaraman, mag'lubiyatga bizning yoshbolalarcha qilgan xatolarimiz sabab bo'ldi.

- SHackix familiyasi Namanganda katta hurmatga ega. Ammo siz bu erga murabbiy sifatida qaytib kelganingizdan so'ng o'zbek futbolchi, hakamlik masalasida faqat salbiy so'zlarni aytmoqdasiz. O'zbekiston Jahon chempionati haqida o'ylamasligi haqida gapirdingiz. Biz tabrijali muxlislar sizdan O'zbek xalqi, o'zbek futbolchi haqida bu kabi keskin tanqidlar bildirmasligingizni so'rab qolamiz. Bundan tashqari, bugun "Paxtakor" o'yinni to'liq nazorat qildi, dedingiz. Ammo bugun "Navbahor" o'yin tomonlama kuchliroq bo'ldi...

- Savolingizni birinchi qismiga javob beraman. Men aynan qachon o'zbek xalqi va o'zbek futboli haqida gapirdim? Bu menga juda qiziq, buni qaerdan o'qidingiz? Men terma jamoa haqida gapirgandim. Men muxlislar futbolchilardan ko'ra ko'proq Jahon chempionatiga chiqishni istashlari haqida gapirdim. Bu ikki xil narsa, sizdan adashtirmaslikni so'rardim. Men shu erda tug'ilganman. Men shu erlikman. Har doim aytgan gapimga javob beraman. Agar siz qandaydir noto'g'ri tarjimani o'qigan bo'lsangiz, u holda bu meni aybim emas. Men o'shanda muxlislar Jahon chempionatiga chiqishni juda istashlari va anchadan beri kutayotganlari haqida gapirganman. Menga Jahon chempionatiga chiqish nasib qilmadi. Biz hozir ham Jahon chempionatiga chiqmoqchimiz. Ammo bunday futbol bilan hali juda uzoq kutishimizga to'g'ri keladi. Juda uzoq! O'sha internetdagi so'zlarimni mana yana qaytardim. Yana saralash o'yinlari boshlanada va biz yana Jahon chempionatiga chiqamiz deymiz. Biz chiqa olmaymiz. Er yuzida mo'jizalar bo'lmaydi. Jahon chempionatiga chiqish uchun hozir bu erda nimanidir o'zgartirish kerak. SHunchaki mening so'zlarimni eslab qoling. Mana shu ciklda, keyingi ciklda ushbu so'zlarimni yodga oling.

- "Paxtakor"ning o'yinlarida ham Namangandagi kabi muxlislar bo'lishini istaysizmi?

-  Bizda ham shunday bo'ladi. Biz bu yo'nalish bo'yicha ishlayapmiz. Bilasizmi, poytaxtda har doim shunday bo'lgan. Poytaxtda muxlislarni stadionga olib kirish juda qiyin ish. Bu dunyoning deyarli barcha poytaxtlarida kuzatiladigan holat. Viloyatlarda deyarli barcha uchrashuvlarga muxlislar kirishadi. Poytaxtda esa muxlislar tanlashadi. "Neftchi" bilan o'yin bo'lsa uyda tomosha qilaman deyishadi. "Navbahor"ga qarshi balki stadionga tushishadi. OCHL yoki terma jamoa o'yinlar bo'lsa muxlislar albatta stadionga tushishadi. Nega bundayligini men bilmayman. Toshkentdagi istalgan stadionni olmang, muxlislar borasida vaziyat shunday. 

-  "Navbahor"ning kubok va chempionatdagi imkonyatlarini qanday baholaysiz?

- Men baholay olmayman. 30 oktyabr kuni final o'yini. O'shanda bilib olamiz. Har doim oxiridagi natija hal qiladi. O'yin borasidagi imkoniyatlarga kelsak, men bu gaplarni "Paxtakor" murabbiyi ekanligim uchun aytmayapman, ammo "Paxtakor" o'yin borasida "Navbahor"dan kuchliroq. Biroq barchasini nima hal qiladi? Natija! Hozir biz shunday vaziyatdamiz.  

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика