Lukaku "Inter"ni "Milan"ga almashtirishi mumkin
22 iyu 2023 21:12
Yangiliklar
Lukaku "Inter"ni "Milan"ga almashtirishi mumkin
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku 2022/2023 yilgi mavsumni "Inter"da ijara asosida o'tkazdi.
Futbolchi faoliyatini qo'shni klub — "Milan"da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Antonio Vitielloning xabar berishicha, “rossonerlar” vakillari allaqachon Lukaku agenti bilan uchrashuv o'tkazishgan.
Faqatgina 30 yoshli o'yinchi "CHelsi"dan "Milan"ga o'tishi uchun maosh talabini kamaytirishi kerak bo'ladi.
SHu bilan birga, "Milan" hujum chizig'i uchun Markus Tyuram variantini ko'rib chiqmoqda.
2022/2023 yilgi mavsumda Lukaku 37 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar