Lukaku "Inter"da qolmoqchi
28 okt 2022 18:55
Yangiliklar
Lukaku "Inter"da qolmoqchi
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Romelu Lukaku jamoada qolishni istamoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, joriy mavsum "neradzurri" safida ijara asosida o'ynayotgan belgiyalik futbolchi Londonning "CHelsi"siga qaytishni xohlamayapti.
Manbaga ko'ra, "Inter" rahbariyati Lukakuning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirish bo'yicha yaqin vaqt ichida "CHelsi" bilan muzokaralarni boshlamoqchi. Londonliklar bunga qarshi emas, chunki ular kelajakda futbolchiga ishonch bildirmaydi.
Lukaku hafta o'rtalarida jarohatdan so'ng maydonga qaytdi va shu zahotiyoq CHempionlar Ligasida "Viktoriya" Plzenga gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar