So’nggi yangiliklar

13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  0 13:02"Барселона" ёз учун устувор мақсадни танлади  8 12:30"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  5 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  5 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  6 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  11 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  22

"Luisma Ernandesning ketishi natijaga bog'liq emas, nomzodlar orasida xorijlik murabbiy favorit bo'lib turibdi" - "Metallurg" bosh direktori Yangiliklar

"Luisma Ernandesning ketishi natijaga bog'liq emas, nomzodlar orasida xorijlik murabbiy favorit bo'lib turibdi" - "Metallurg" bosh direktori

Superliganing 4-turi arafasida Bekobodning "Metallurg" jamoasida murabbiy istefosi yuz berdi.

Rasman: "Metallurg" ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani bekor qildi

SHu vaqtgacha jamoani boshqarib kelgan ispaniyalik Luisma Ernandes klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish va yangi murabbiy borasida "Metallurg" bosh direktori SHavkat Saidovga murojaat qildik. 


- Luis Ernandesning "Metallurg"dan ketishida dastlabki uchta turdagi natijalar bosh omil bo'ldimi? Umuman bu jarayon qanday yuz berdi?

- Murabbiy bilan xayrlashish uchta turdagi natijalarga bog'liq emas. "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik jarayonida, dam olish kuni belgilandi. Ertasi kuni Luisma tomonidan oilaviy sabablarga ko'ra shartnomani bekor qilish haqida murojaat bo'ldi. Rahbariyat bilan o'rganib chiqqan holda do'stona xayrlashuvga kelishildi. Kecha Luisma Bekobodga keldi va jamoa bilan uchrashib, iliq tark etdi. Natijalar asosiy omil bo'lmasligi aniq edi. 

- Klub ispaniyalik mutaxassisning ishidan qanchalik qoniqish hosil qildi?

- Barcha biladi futbolda g'alaba va mag'lubiyat birga yuradi. Luisma bilan ajoyib g'alabalar, alamli mag'lubiyatlar  ham yuz berdi. Evropalik murabbiydan o'zimizning mahalliy mutaxassislar kerakli tajribani oldi, deya olaman. Tashkiliy ishlar, taktik masalalarda o'ziga yarasha bilimga ega mutaxassis. Luisma bilan hamkorligimizni klub rahbari sifatida qoniqarli, deb o'ylayman. 

- Jamoani keyingi murabbiyi kim bo'ladi? Murabbiy tanlashda qaysi faktorlarga tayaniladi?

- Bugun erta yangi murabbiy masalasiga aniqlik kiritiladi. Xorijlik mutaxassis kelish imkoniyati ko'proq. Faktorlarga kelsak, ahamiyat bergan bo'lsangiz Rustam Mirsodiqov davrida "Metallurg" o'z o'rniga ega bo'ldi. Barqaror jamoaga aylandi. Keyinchalik Andrey SHipilov, Jasur Abduraimov, Luisma Ernandes bilan ishladik. Uchala murabbiyimiz ham terma jamoalarda, klublarda murabbiy, assistent sifatida ishlab kelishgan. Yaqqol biron klubda bosh murabbiy bo'lishmagandi. "Metallurg"da ularga shunday imkoniyat berildi. Yangi murabbiyning jamoani barqaror olib yurishi uchun tajribasi bo'lishi kerak, degan fikrga keldik. Psixologik yondashuvga ko'proq etibor berishimiz lozim. SHu narsalarga tayanamiz. 

- Demak asosiy favorit xorijlik?

- Yuqorida aytganimdek, xorijlik mutaxassis nomzodi ustun.

- "Metallurg" oldiga aniq vazifa qo'yilganmi? Superligada qanday ishtirok etishni maqsad qilgan?

- Bilasiz, "Metallurg" azaldan "chaqilmas yong'oq" bo'lib kelgan. Ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'ladi. Ishonch bilan ayta olaman, "Metallurg" 2017 yildan hozirgi kungacha jadal rivojlanmoqda. Yaratilgan sharoitlar, akademiya, infratuzilma, tashkiliy ishlar bo'yicha top 3talikka kiramiz, desam adashmagan bo'laman. "Metallurg"ga faqat yaxshi o'rinlar yarashadi. Moliyaviy tomondan katta bo'lmasa ham bironta xodimimiz, murabbiyimiz tomonidan bu borada shikoyat bo'lmagan. O'zbekistondagi eng yaxshi akademiyaga egamiz. Bu ham o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Kelajakda iqtisodiy tomonlama baquvvat bo'lsak, yanada yuksak marralarni oldimizga qo'yishimizga ishonaman. Strategiyamiz bor. "Metallurg" professional klubining statusini, nufuzini ko'tarishimiz zarur. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика