So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Luisma Ernandes: "Xorijiy yig'in? Hozircha bizga taqdim etilgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishdan boshqa ilojimiz yo'q" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Xorijiy yig'in? Hozircha bizga taqdim etilgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishdan boshqa ilojimiz yo'q"

"Metallurg" – "Dinamo" (1:1) jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Luisma Ernandesning fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalo, shu narsani aytib o'tishim kerak, biz bu yil hisobidan tabiiy maydondagi ikkinchi nazorat o'yinida qatnashdik. Kecha mazkur stadionga kelib, mashg'ulot o'tkazib ketgandik. Bekobodda esa asosan zalda shug'ullangandik hamda trenajyor zalida futbolchilarga yuklamalar berdik.

Umuman olganda, shogirdlarimning xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Birinchi navbatda, maydonning holatidan kelib chiqqan holda o'yinni jarohatlarsiz yakunlab olganimiz yutug'imiz bo'ldi. Xudoyshukurning ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda biroz lat eganini hisobga olmaganda, hammasi yaxshi. 



Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, nazorat uchrashuvida natija muhim emas. Biz ikkita taymda turli tarkiblarni ko'rib oldik. Birinchi taymda asosiy jamoa o'zagi katta tashabbusga erishdi. Ikkinchi taymda esa yoshlarni hamda jamoa ko'rigiga kelgan yangi o'yinchilarni kuzatdik. 

Bitta o'yin bilan yakuniy xulosa chiqarish qiyin. Kamida ikki hafta davomida tarkibga qo'shib olishimiz mumkin bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz. Zero, ularga ham imkoniyatlarini namoyish etish uchun vaqt berishimiz lozim. Bir qator o'rtoqlik o'yinlari uchun sparring-raqiblar bilan kelishib qo'yganmiz. SHundan keyingina xulosa bildirish o'rinli, deb o'ylayman", – dedi ispaniyalik murabbiy.

- Maydon holati yomon. Bu jamoaga qiyinchilik tug'dirmayaptimi? Xorijiy yig'in masalasi ham so'roq ostida. Murabbiy bunday holatda jamoani ko'ngildagidek tayyorlay oladimi?

- Umuman olganda, O'zbekistonning barcha jamoalarida maydon sifatini qoniqarli darajada saqlash bo'yicha muammolar bor. Albatta, maydon sifatini har doim yaxshi holatda ushlash uchun etarlicha texnik xodimlar bo'lishi lozim. Xorijiy yig'inga keladigan bo'lsak, hozircha klub bizga taqdim etgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishdan boshqa ilojimiz yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика