So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Luisma Ernandes: "Uchrashuvning kutilmagan tarzda boshlanishi mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Uchrashuvning kutilmagan tarzda boshlanishi mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- O'yin qiyin ruhda o'tdi, sababi bugungi uchrashuv rejadan tashqaridagi holatlar bilan boshlangani uchun mag'lubiyatga uchradik deb aytsam, mubolag'a bo'lmaydi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik, bazi imkoniyatlarga ega bo'ldik va ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinga bo'lgan etiborni susaytirganimiz tufayli ikkita gol o'tkazib yubordik. "Nasaf" Superligada etakchi klublardan biri, ular CHempionlar ligasida ham ishtirok etadi. O'tgan mavsumdan buyon bu jamoani yaqindan bilaman. Bugungi o'yinda kartochkalar ko'payib ketgani sababli bazi futbolchilarimiz ishtirok eta olishmadi. Bu ham mag'lubiyatga uchrash omillarimizdan biri edi. Endilikda keyingi o'yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

- Damir Temirov diskvalifikaciya sababli maydonga tusholmadi. Uning o'rniga tarkibga kiritilgan Behro'z SHodmonov ham 20 daqiqa o'ynamasdan jarohatini qaytalab oldi. Hujumchi ortidagi futbolchilarning yo'qotilishi rejalaringizga qay darajada tasir qildi?

- Bu hafta qiyin bo'ldi, sababi sariq kartochkalardan tashqari jarohat olgan o'yinchilarimiz bor edi. SHunga qaramasdan, yo'qotishlarning o'rnini to'ldirishga harakat qildik. Kerakli futbolchilarning maydonda yo'qligi baribir tasir o'tkazdi. Behro'z ham jarohat bilan o'ynashga majbur bo'ldi. 

- Bugun yosh futbolchi Bektemir Abdumannonov debyutini o'tkazdi. U qanchalik ishonchi oqladi, keyingi o'yinlarda ham unga imkon beriladimi?

- Albatta, Bektemirga kelgusi bahslarda imkon beramiz. U Olmaliqdagi o'yinda maydonga tusha olmagan bo'lsa-da, yoshlar ligasida samarali harakat qilib, gol urishga erishdi. Abdumannonov juda mehnatkash o'yinchi. Unga albatta, imkon beriladi", — dedi bekobodliklar ustozi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика