Luisma Ernandes: "Metallurg" men xohlagan o'yinni ko'rsatmoqda"
04 mar 2022 21:36
Yangiliklar
Luisma Ernandes: "Metallurg" men xohlagan o'yinni ko'rsatmoqda"
- O'yin haqida
- Mavsumdagi birinchi uchrashuv to'qnashuvlarga boy tarzda kechdi. Jamoamizdagi yangi futbolchilar bilan ishlashda jismoniy taraflama ozroq qiyinchilikka uchradik. Umuman olganda, o'yin yaxshi bo'ldi. Penaltidan urilgan gol evaziga zafar quchdik. G'alabadan shodmiz.

- Jamoaning maqsad-vazifalari va o'z rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Asosiy maqsad – iloji boricha ko'proq ochko olish va chempionatda yuqoriroq o'rinni egallash. Yaxshi jamoa shakllantirishga harakat qilyapmiz.

- Tarkibga yangi kelib qo'shilganlar (jumladan, Fozil Musaev, SHohnazar Norbekov)dan ko'nglingiz to'ldimi?
- O'yinchilardan ko'nglim to'q. Turkiyadagi yig'inda o'z g'oyalarimni singdirishga urindim. Jamoa ("Metallurg" – tahr.) men xohlagan o'yinni ko'rsatmoqda.

- Jamoangiz bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganiga qaramasdan, ikkinchi taym boshlanganidan taxminan 15 daqiqa o'tib, nazoratni to'liq raqibga berib qo'ydi. Buning sababi nimada?
- Ikkinchi taymda to'pni nazorat qilib, natijani ushlab qolishni va qarshi hujumda o'ynashni maqsad qilgandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar