Luis Enrike: "PSJ Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi"
19 apr 01:45
Yangiliklar
Luis Enrike: "PSJ Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike ECHL yarim finalidagi raqibi "Arsenal" haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, parijliklar ECHLning ketma-ket uch bosqichida Angliya jamoalariga qarshi o'ynaydi.
"Bu ustunlik ham kamchilik ham emas. Tabiiyki, ingliz jamoalarining umumiy bir uslubi bo'ladi. Bunga qadar biz "Liverpul", "Arsenal"ga qarshi ham o'ynadik. Keyin "Aston Villa" bilan bahs olib bordik va yana "Arsenal".
"Arsenal" bu turnirdan kimlarni chiqarib yuborganini yaxshi bilamiz. Hozirda biz turnirning eng kuchli 4 jamoasidan birimiz va Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz.
Bu jamoa Arteta qo'l ostida tez rivojlanmoqda. Hozir jamoa juda sifatli o'yin ko'rsatyapti", - dedi PSJ ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar