So’nggi yangiliklar

08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  2 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  11 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0

Luis Dias "Luton"ga qarshi o'yindan keyin otasini o'g'irlab ketganlarga murojaat qildi Yangiliklar

Luis Dias "Luton"ga qarshi o'yindan keyin otasini o'g'irlab ketganlarga murojaat qildi

"Liverpul" hujumchisi Luis Dias "Luton Taun"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin otasini qo'yib yuborishlarini so'rab, murojaat qildi.

Futbolchi ota-onasini o'g'irlab ketishganidan keyin ilk bor maydonga tushdi. Diasning onasi 29 oktyabr kuni ozod etilgandi.

Aynan Luis 90+5-daqiqada "Liverpul"ni qutqaruvchi golga mualliflik qildi va futbolkasi ostidagi yozuvni ko'rsatdi: "Libertad para papa" (otamga ozodlik).

"Bugun siz bilan futbolchi gaplashmayapti. Bugun sizlar bilan Luis Manuel Diasning o'g'li Luis Dias gaplashyapti. Mane, mening otam, tinim bilmaydigan mehnatkash inson, oilamiz ustuni va uni o'g'irlab ketishdi. Men MOA (Milliy ozodlik armiyasi)dan otamni ozod qilishlarini so'rayman va bu yo'lda xalqaro tashkilotlarni birgalikda harakat qilishga chaqiraman. Har daqiqa, har soniya bizning azoblarimiz ortib bormoqda. Onam, aka-ukalarim va men juda yomon ahvoldamiz hamda hozir his qilayotganlarimizni so'z bilan ifodalay olmaymiz. Bularning barchasi otamni uyga qaytarganimizdan keyingina o'z o'rniga tushadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика