Luis Dias "Bavariya"ga o'tish arafasida: klublar muzokaralarga kirishmoqda
08 iyu 2025 13:33
Yangiliklar
Luis Dias "Bavariya"ga o'tish arafasida: klublar muzokaralarga kirishmoqda
"Liverpul" vingeri Luis Dias klubini o'zgartirishga yaqin turibdi.
"Bild" xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi "Bavariya" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Endi "Bavariya" mersisaydliklar bilan transfer summasi va kelishuv detallari bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Niko Uilyamsning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Diasga "Barselona" ham davogarlik qilmoqda.
27 yoshli Dias "Liverpul"da 2022 yilning yanvaridan buyon o'ynamoqda. 2024/25 yilgi mavsumda u "qizillar" safida 50 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar