So’nggi yangiliklar

23:10Италия - Исроил баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 23:06Бельгия - Франция. Асосий таркибда кимлар бор?  0 23:03Германия - Нидерландия. Таркиблар билан танишинг  0 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  3 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  4 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  10 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  7 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  18

⚡️ Luchano “Napol”etti Yangiliklar

⚡️ Luchano “Napol”etti

Evropada 2022/23 yilgi mavsum kashfiyoti hozirda “Napoli” bo'lmoqda, desam hech kim hayron qolmasa kerak.

Luchano Spaletti shogirdlar mavsumni shu qadar ko'tarinki o'tkazmoqdaki, bu kabi ajoyib start oxirgi marta Diego Maradona jamoada o'ynaganida yuz bergandi. Hatto, g'alabali seriya bo'yicha 1986 yilgi rekord ham yangilandi.

“Napoli” barcha musobaqalarda 12 o'yindan beri raqiblarni mag'lub etib kelmoqda. Umuman mavsum davomida 16 uchrashuvda 14 g'alaba hamda 2 durang qo'lga kiritilgan. Neapolliklar A Seriyada 29 ochko bilan etakchilik qilmoqda va top-5 ligalari joriy mavsumida mag'lub bo'lmagan uch (“Real” hamda PSJ) klubdan biri hisoblanadi.

Spaletti esa o'tgan yil may oyida jamoani qabul qilib olgandi va qisqa vaqt ichida yaxshi tarkibni shakllantira oldi. 2021/22 yilgi mavsum “Milan” va “Inter”dan keyin Italiya chempionatida uchinchi o'rin egallandi. Yangi mavsum boshlanishidan oldin esa gruziyalik Xvicha Kvaracxeliya, o'tgan mavsum A Seriya to'purarlari qatorida bo'lgan Jovanni Simeone, J.Koreya TJ himoyachisi Kim Min CHje, italiyalik hujumchi Jakomo Raspadori kabi bir qator yuqori salohiyatli futbolchilar jamoaga kelib qo'shildi. Bu esa o'z samarasini bermasdan qolmadi.

21 yoshli Xvicha “Napoli”ning etakchi futbolchilaridan biri bo'lib turibdi. U jamoa libosida 15 bahsda qatnashib, 7+6 natija ko'rsatmoqda. Ko'pchilik Kvaracxeliyani “gruziyalik Messi”, deya atamoqda, ammo uning o'zi Krishtianu Ronalduga muxlislik qilishini aytib o'tgan. Hujumkor yarim himoyachi deyarli har o'yinda o'zini ko'rsatmoqda. 


Diego Simeonening o'g'li Jovanni esa ECHLdagi dastlabki 4 o'yinda 4 ta gol urgan otasidan keyingi ilk argentinalik futbolchiga aylandi. U chempionatda ham 6 o'yinda 2 ta golni rasmiylashtirishga erishdi.

Darvoqe, “azzurilar” CHempionlar Ligasida “Liverpul”, “Ayaks” va “Reynjers” kabi jiddiy raqiblar bor guruhdan muddatidan oldin 1/8 finalga chiqishga erishdi. Jamoa ularning barchasini mag'lub etdi va hozirda 15 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda. Oldinda esa 1 noyabrga kuni “Liverpul”ga qarshi “Enfild”dagi oxirgi tur bahsi kutmoqda. Ehtimol, Spaletti barchasi hal bo'lgani tufayli ushbu uchrashuvda zaxira futbolchilariga imkon berar.

“Napoli”ning o'yinlariga to'xtalsak, jamoa mavsum davomida o'tkazilgan 16 uchrashuvda 46 ta gol urgan (deyarli har o'yinda kamida uchtadan) va 13 ta gol o'tkazib yuborgan. 6 ta bahsda esa darvoza dahlsizligi saqlab qolingan. Agar o'tgan mavsumni ham qo'shib hisoblasak, Spaletti boshqaruvidagi jamoa 20 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Boz ustiga yana 6 ta o'rtoqlik uchrashuvida durang va g'alabalar qayd etilgan. Luchano Spaletti o'yinlarda asosan hujumkor 4-3-3 hamda 4-3-2-1 sxemalaridan foydalanmoqda. Bu esa “Ayaks” (4:2, 6:1), “Liverpul” (4:1), “Milan” (2:1), “Roma” (1:0) kabi jiddiy raqiblarga qarshi o'yinlarda qo'l keldi.

Nima halaqit qilishi mumkin?

“Napoli” safida bir qator futbolchilar JCH-2022'da qatnashadi. Oradagi oraliq va asosiy tarkib azolarining ehtimoliy jarohati yoki mundialdan keyingi charchoq jamoaning o'yiniga tasir o'tkazmasdan qolmaydi. Jumladan, boshlang'ich tarkib o'yinchilaridan quyidagilar terma jamoadan chaqiruv olishi mumkin:

Kim Min CHje – J.Koreya terma jamoasi;

Matias Olivera – Urugvay terma jamoasi;

Ruy Mariu – Portugaliya terma jamoasi;

Andre Zambo-Angissa – Gana terma jamoasi;

Petr Zelinski – Polsha terma jamoasi;

Tangi Ndombele – Franciya terma jamoasi;

Irving Losano – Meksika terma jamoasi;

Viktor Osimxen – Nigeriya terma jamoasi.

*Ehtimol, Jovanni Simeone ham bu ro'yxatda bo'lar, chunki, u oxirgi 2 mavsum yorqin o'yin ko'rsatmoqda va Argentina TJ bilan Qatardagi mundialga borish uchun haqlilardan biridir.

Spalettining yutuqlari

63 yoshli mutaxassis uchun 2022/23 yilgi mavsum eng esda qolarlisi bo'lishi mumkin. Taniqli murabbiy Italiyaning bir qator klublarida ishlagan bo'lishiga qaramay, hozirgacha Skudettoni qo'lga kiritmagan. Eng yorqin natijasi “Roma” bilan qayd etilgan. U rimliklar bilan 2 bor Italiya Kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritgan.

“Empoli” bilan

- “C” Seriya g'olibligi – 1995/1996;

- “C” Seriya kubogi – 1995/96;

- “B” Seriya g'olibligi – 1996/97.

“Roma” bilan

- Italiya Kubogi – 2006/07, 2007/08;

- Italiya Superkubogi – 2007.

“Zenit” bilan

- RPL g'olibligi – 2010, 2011/2012;

- Rossiya Kubogi – 2009/2010;

- Rossiya Superkubogi – 2011.

“Napoli”ning yutuqlari

“Napoli” shu vaqtgacha CHempionlar Ligasida (saralash va final raundi) bu yilgisi bilan birga 10-marotaba qatnashmoqda. “Azzurilar”ning eng yaxshi natijasi 1/8 final hisoblanadi. Jamoa 2011/12 yilgi mavsum ushbu bosqichda “CHelsi”ga, 2016/17 yilgi mavsum “Real”ga va 2019/20 yilgi mavsum “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan.

A Seriya g'olibligi esa oxirgi marta 32 yil oldin qo'lga kiritilgan. Umuman “Napoli” hisobida 2 ta Skudetto bor va ikkisi ham Diego Maradona (1984-1991 yillarda o'ynagan) davriga to'g'ri keladi.

- “A” Seriya g'olibligi – 1986/87, 1989/90;

- “B” Seriya g'olibligi – 1945/46, 1949/50;

- “C” Seriya g'olibligi – 2005/06;

- Italiya Kubogi – 1961/62, 1975/76, 1986/87, 2011/12, 2013/14, 2019/20;

- Italiya Superkubogi – 1990, 2014;

- UEFA Kubogi – 1988/89.

JCH-2022 startigacha kutayotgan o'yinlar:

A Seriya, 29 oktyabr

18:00, “Napoli” – “Sassuolo”

ECHL, 1 noyabrdan 2 noyabrga o'tar kechasi

01:00, “Liverpul” – “Napoli”

A Seriya, 5 noyabr

22:00, “Atalanta” – “Napoli”

A Seriya, 8 noyabr

22:30, “Napoli” – “Empoli”

A Seriya, 12 noyabr

19:00, “Napoli” – “Udineze”

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика