So’nggi yangiliklar

16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  0 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  12 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  7 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: “Temiryo'lchilar”ga oliy ligada 2 martagina qizil kartochka ko'rsatildi Yangiliklar

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: “Temiryo'lchilar”ga oliy ligada 2 martagina qizil kartochka ko'rsatildi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” jamoasi uchun ortda qolgan mavsum juda omadli ko'rinish olganidan xabaringiz bor.

“Temiryo'lchilar” 2016 yilda uzoq kutilgan chempionlikka erisha olishdi. Qolaversa, jamoa kubok bahslarida ham g'alaba qozonib, oltin dublni rasmiylashtirdi.

Ana endi mavsum yakunlarini etiboringizga havola etib boramiz. Kecha “Loko”ning eng yirik hisobdagi g'alabalari haqida malumot bergan edik. Bugun esa “Temiryo'lchilar” safida kimlar hakamlar tomonidan eng ko'p ogohlantirilgani bilan tanishtirib o'tamiz.

Takidlash joizki, oliy liga doirasida “Lokomotiv” futbolchilariga hakamlar tomonidan jami 45 marta sariq kartochka ko'rsatildi. Eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi esa – jamoaning tinib-tinchimas yosh yarim himoyachisi Ikrom Aliboev bo'ldi. Ikrom hammasi bo'lib 8 marta sariq kartochka oldi. Keyingi o'rinlarda esa Server Jeparov hamda Marat Bikmaev 6 tadan sariq kartochka bilan joylashishgan. Himoyachilar ichida eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi esa Islom To'xtaxo'jaev bo'ldi. U hakamlar tomondan 4 marta ogohlantirildi. Darvozabonlar orasida esa Ignatiy Nesterovga 2 bor sariq kartochka ko'rsatildi.


ENG KO'P SARIQ KARTOCHKA OLGAN FUTBOLCHILAR:


I. Aliboev – 8ta
S. Jeparov – 6 ta
M. Bikmaev – 6 ta
I. To'xtaxo'jaev – 4 ta

SHu o'rinda qayd etish joizki, “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari 6 ta o'yinni “quruq” tarzda o'tkazishdi. Yani 6 ta o'yinda jamoamiz azolariga hech qanday kartochka ko'rsatilmadi.

Qizil kartochkalar haqida gap ketganda esa, “Loko” o'yinchilari mavsum bo'yi ikki martagina maydondan chetlatilganini takidlash kerak. Birinchi davrada “Metallurg” bilan bo'lgan bahsda Ignatiy Nesterovga qizil kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, ikkinchi davradagi bekobodliklarga qarshi kechgan bellashuvda Ikrom Aliboev maydondan chetlatildi. O'yinchilarimizga boshqa matchlarda qizil kartochka ko'rsatilmadi.


QIZIL KARTOCHKALAR:
I. Aliboev (29- tur, “Metallurg”)
I. Nesterov (14- tur, “Metallurg”)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика