So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: “Temiryo'lchilar” oliy ligada har bir jamoani mag'lub etdi Yangiliklar

“Lokomotiv”dan mavsum sarhisobi: “Temiryo'lchilar” oliy ligada har bir jamoani mag'lub etdi

Teglar :  Lokomotiv
Bilasiz, 2016 yilgi mavsum Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi uchun juda muvaffaqiyatli tarzda kechdi.

“Temiryo'lchilar” jamoasi 2016 yilda va nihoyat O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi va o'z muxlislarini chempionat oltin medallari bilan xushnud etdi.

Ana endi mavsum yakunlariga etibor qaratsak ham bo'ladi. SHu o'rinda alohida takidlash joizki, “Loko” joriy yilgi mavsumda 9 ta uchrashuvni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunladi. Eng yirik hisob esa “Navbahor” bilan uchrashuvda qayd etildi. O'sha bellashuvda “Temiryo'lchilar” raqib darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritishdi. 4 ta o'yinda esa 4:0 hisobida zafar quchildi.

Yana bir qiziqarli malumot shundan iboratki, “Lokomotiv” oliy liga doirasida har bir jamoani hech bo'lmasa bitta uchrashuvda bo'lsa ham mag'lub etdi. 13 ta bellashuvda esa jamoa darvozasi daxlsizligi saqlab qolindi.

SHuningdek, kubok bellashuvlarida ham “Lokomotiv” g'alaba qozondi. Kubokdagi eng yirik hisob esa 1/8 final o'yinlari doirasida “UzDongJu” bilan o'tgan matchda qayd etildi. O'shanda “Loko” futbolchilari “Bo'yoqchilar” darvozasini javobsiz 9 bor ishg'ol etishdi.


OLIY LIGADAGI YIRIK HISOBDAGI G'ALABALAR
:
Lokomotiv– Navbahor – 5:0
Lokomotiv – Neftchi – 4:0
Lokomotiv – Olmaliq – 4:0
Mashal– Lokomotiv – 0:4
Lokomotiv – Qo'qon-1912 – 4:0 
Olmaliq  – Lokomotiv – 2:5
Lokomotiv – So'g'diyona – 4:1
Lokomotiv – Metallurg – 4:1 
Lokomotiv – SHo'rtan – 3:0

KUBOK BAHSLARIDAGI YIRIK G'ALABA:
Lokomotiv - UzDongJu 9:0

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика